Fuqarolarning murojaatlari navbatdagi virtual qabulda ijobiy hal etildi
Joriy yilning 31 mart kuni Tergov departamenti rahbariyati tomonidan videokonfrensaloqa rejimi orqali Xorazm, Samarqand va Jizzax viloyatlarida yashovchi fuqarolar bilan shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida 3 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Kelib tushgan murojaatlarning 1 tasi tergov harakatlaridan norozilik, 1 tasi yetkazilgan moddiy zarar qoplanmaganligidan norozilik masalasida, 1 tasi qabul qilingan qarordan norozilik masalasini tashkil etadi.
Qabul qilingan murojaatlarning 1 tasi joyida ijobiy hal etildi, 2 tasi bo‘yicha qo‘shimcha tekshirish talab qilinganligi sababli murojaati qabul qilinib, ijroga qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, ichki ishlar organlarining tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi bo‘lgan fuqarolar vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovning shaxsiy qabuliga kirmoqchi bo‘lgan taqdirda, Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A. Toirovning (90)508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti