O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vaziri o‘rinbosari Namangan viloyatida bo‘lib, «Dashtbog‘» MFY beshligi va tadbirkorlar faoliyati bilan tanishdi

Joriy yilning 18 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vaziri o‘rinbosari polkovnik Yaxyojon Abdulxakov Namangan viloyatiga tashrif buyurib, Namangan shahrida joylashgan «Dashtbog‘» MFY beshligi faoliyati bilan yaqindan tanishib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda mahalla beshligi aʼzolariga bir qator topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng, ushbu mahalla hududida joylashgan «Ilhomjon tekstil» va «Mustafo seving» va Davlatobod tumani hududida joylashgan «Iftixor kiyim sanoat» MCHJlari faoliyati bilan tanishib, tadbirkorlarni faoliyatini yana-da qo‘llab quvvatlash bo‘yicha viloyat IIB masʼullariga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, Davlatobod tumani, “Yuksalish” mahallasi hududida joylashgan Bilim va malakalarni baholash agentligining Namangan viloyatidagi yangi qurib ishga tushirilgan binosiga tashrif buyurilib, u yerda yaratilgan imkoniyatlar va shart sharoitlarni o‘rganilib, ushbu binoda o‘tkazilayotgan tadbirlar davomida fuqarolarni xavfsizligini taʼminlashda yetarlicha kuch va vositalarni jalb etish lozimligi taʼkidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech