O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

IIV markaziy apparatidan Andijon viloyatiga biriktirilgan masʼullar tomonidan Marhamat tumanida aholi muammolari yuzasidan sayyor qabul oʻtkazilib, fuqarolar uchun oziq-ovqat va mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Xususan, Marhamat tumani Barhayot MFYda  oʻtkazilgan sayyor qabulda 40 nafar fuqaro tomonidan 30 ta masala oʻrtaga tashlandi. Ushbu murojaatlardan 22 tasi joyida ijobiy hal etilgan boʻlsa, 3 tasi boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Yana 5 ta masalani hal etish choralari koʻrilmoqda.

Bundan tashqari, fuqarolarni ish bilan taʼminlash maqsadida Marhamat tumani bandlikka koʻmaklashish markazi bilan hamkorlikda “Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi” oʻtkazildi.

Shu bilan birgalikda fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi ham tashkil etilib, Unda 20 ga yaqin qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini bozor va doʻkonlardan past narxlarda sotib olish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech