Xo‘jayli tumanida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2021 yil 10 mart kuni, Xo‘jayli kasb hunar kolleji binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq qabulxonasi mudiri S.Xudaybergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisining o‘rinbosari M.Jumanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik M.Raxmatullayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i A.Raximov hamda tuman barcha sektor rahbarlari tomonidan Xo‘jayli tumani yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda vazir o‘rinbosari M.Raxmatullayev tomonidan bir nechta yoshlarning murojaatlari qabul qilindi.
Jumladan, yoshlarning “Ichki ishlar organlariga ishga kirish”kabi masalalar ko‘rib chiqilib, murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi tergov departamenti