O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ichki ishlar organlari tergov boʼlinmalari bilan videoselektor yigʼilishi boʼlib oʼtdi

Bugun, 02 iyul kuni IIV huzuridagi Tergov departamenti rahbariyati tomonidan “Ichki ishlar organlari tergov boʼlinmalarida protsess ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash borasida amalga oshirilishi lozim boʼlgan vazifalar” mavzusida ichki ishlar idoralari Tergov boʼlinmalari shaxsiy tarkibi orasida kengaytirilgan videoselektor yigʼilishi boʼlib oʼtdi.

Kun tartibiga qoʼyilgan asosiy vazifalardan biri kuni kecha Davlat rahbari tomonidan sud-huquq tizimini takomillashtirishga bagʼishlangan videoselektor yigʼilishida qoʼyilgan asosiy talab va vazifalar koʼrib chiqilib, IIV huzuridagi Tergov departamenti boshligʼining oʼrinbosari O.T.Qulbekov tomonidan Tergov boshqarmalari rahbarlariga mamlakatda koronavirus kasalligi tufayli yuzaga kelgan pandemiya sharoitida  ish faoliyatini toʼgʼri tashkillashtirilishi hamda odil sudlovni taʼminlashga oid bir qator koʼrsatmalarni berib oʼtdi.

Yigʼilish davomida tergov boʼlinmalari tomonidan yoʼl qoʼyilgan bir qator ishlarga tanqidiy baho berilib, kelgusida ushbu holatlar qaytarilmasligini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi. Bundan tashqari yigʼilish davomida O.T.Qulbekov JPKning talablaridan kelib chiqqan xolda 7ta majburiy tergov harakatlarini videotasvirga olinishi buyicha nazoratni kuchaytirish masalasida masʼul xodimlarga bir qator topshiriqlar berib oʼtdi.

Tadbir yakunida yigʼilish ishtirokchilari tomonidan kun tartibi boʼyicha qoʼyilgan masalalar boʼyicha fikr va mulohazalar almashishdi.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech