O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov Jizzax viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda uning quyi tizimidagi tergov bo‘linmalari faoliyatini o‘rgandi

2021 yilning 18 mart kuni, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan Jizzax viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimidagi tergov bo‘linmalari, yaʼni Jizzax shahar va Zarbdor tumanlari IIBlariga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida IIB binolarida tashkil etilgan so‘rovxonalar faoliyatining ahvoli hamda tergov bo‘limlari xizmat faoliyatini o‘rgandi.

Jumladan, vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan IIVning 16.06.2020 yildagi “Ichki ishlar organlari faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash borasida ishlar samaradorligini yana-da oshirish to‘g‘risida”gi Farmoyishi hamda Tergov departamentining 24.09.2020 yildagi ko‘rsatmasi ijrosi bo‘yicha tuman IIBda tashkil etilgan so‘rovxona faoliyatining umumiy ahvoli, Jizzax viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tergov idoralari xodimlarining xizmat xonalarida yaratilgan sharoitlar, tergov bo‘linmasi xodimlarining yurituvidagi tergovga qadar tekshiruv hujjatlari hamda jinoyat ishlari, xizmat xonalariga o‘rnatilgan audio va video kuzatuv kamerlarining ishlash ahvoli, shuningdek, tergov bo‘linmasida tashkil qilingan advokatlar xonasi bilan yaqindan tanishib, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, kelgusida xizmat faoliyatini yana-da yaxshilash hamda tergov sifatini oshirish bo‘yicha bir qator aniq, manzilli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, shu kuni soat 17:00 da Jizzax viloyati prokuraturasi binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021 yil 12 fevral kuni IIV Hayʼatining kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari B.B.Valiyev raisligida Jizzax viloyatida jinoyatchilikni jilovlash va oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ahvoliga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

2021 yil 18 mart kuni Jizzax viloyati IIB majlislar zalida Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev ishtirokida Bosh prokuraturaning jinoiy-huquqiy statistika boshqarmasi boshlig‘i tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.10.2018 yildagi PF-5566-sonli va 10.08.2020 yildagi PF 6041-sonli Farmonlari ijrosini taʼminlash jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar hamda “Elektron jinoiy huquqiy statistika” YAAT va ye-material elektron tizimi bilan ishlash, shuningdek, ushbu sohada yuzaga kelayotgan muammolar to‘g‘risida o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech