O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ya.Abdulxakovning Samarqand viloyatiga tashrifi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ya.Abdulxakov tomonidan Samarqand viloyatiga tashrifi jarayonida, joriy yilning o‘tgan davrida viloyati ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchilliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari mayor F.Isarov, podpolkovnik A.Raxmatov hamda barcha shahar-tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmalari rahbarlari, tergovchi va surishtiruvchilari ishtirok etishdi.

Kun tartibiga qo‘yilgan masala yuzasidan Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ya.Abdulxakov huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, jinoyat ishlari bo‘yicha sifatli tergov harakatlarini o‘tkazish hamda tergovda adolatni taʼminlash borasida o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, tergov rahbarlari, tergovchi va surishtiruvchilarning faoliyatlari chuqur tanqidiy tahlil qilindi.

Shu bilan birga, tergov tizimida sidqidildan xizmat qilib kelayotgan, o‘z xizmat vazifalarini bajarishga vijdonan yondashib, o‘zining namunali xulqi, yuksak madaniyati va yuqori kasb mahorati bilan rahbariyatning ishonchiga sazovor bo‘layotgan va boshqa hamkasblariga o‘rnak bo‘la olgan bir guruh xodimlari mukofotlandi.

Bundan tashqari, Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan surishtiruvchi va tergovchilarga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirishlari uchun 17 dona noutbuk, 9 ta kompyuter jamlanmalari va boshqa kanselariya anjomlari topshirildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech