O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovning Jizzax viloyatiga tashrifi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov rahbarligida mobil guruhi, viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik M.A.Sattarov hamda hududiy 3-sektor rahbarlari ishtirokida joriy yilning 15-16 may kunlari pandemiya sharoitida koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish va aholi bandligini taʼminlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab quvvatlash hamda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar jarayonini o‘rganish uchun dastlab Jizzax viloyatining Do‘stlik va Sharof Rashidov tumanlariga, ikkinchi kun esa G‘allaorol va Baxmal tumanlariga tashrif buyurildi.

Joriy yilning 15 may kuni vazir o‘rinbosari Ya.Abdulxakov qurilish ishlari olib borilayotgan Do‘stlik tumani IIB binosi, 3-sektorga qarashli Bunyodkor mahalla binosi va mahallabay ishlash tizimi, yaratilgan sharoitlar, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni ish bilan taʼminlash maqsadida tashkil etilayotgan 100 o‘rinli tikuv sexi hamda issiqxonalarga borib, yangi ish o‘rinlari va ishchilarga yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishish bilan birga fuqarolar D.Kattabekov va Sh.Ilyasovlarning yashash xonadonlariga tashrif buyurib, ularning turmush tarzidagi muammolarini o‘rgandi.

Shu bilan birga Saritepa mahallasida joylashgan tuman IIB boshlig‘i I.I.Nurmatovga biriktirilgan 310 o‘rinli 16-sonli boshlang‘ich taʼlim maktab binosini borib ko‘rdi va o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, 3-sektor rahbariga tegishli ko‘rsatma hamda topshiriqlar berdi.

Bundan tashqari vazir o‘rinbosari Ya.Abdulxakov Sh.Rashidov tumani IIBga tashrif buyurib, u yerda tashkil etilgan so‘rovxona va maxsus tergov xonasi, Tergov bo‘limi xizmat xonalariga o‘rnatilgan audio va videokuzatuv kameralarining ishlash ahvoli bilan yaqindan tanishib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yurituvidagi jinoyat ishlarini har tomonlama, to‘la va xolisona tergov qilish hamda kelgusida tergov sifatini oshirish,  profilaktika inspektori o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha bir qator topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.  

Tashrifning ikkinchi, yaʼni 16 may kuni dastlab yo‘nalish bo‘yicha qurilish va taʼmirlash ishlari olib borilayotgan G‘allaorol tumani IIB binosi bilan tanishish jarayonida xodimlar uchun yangi qurib bitkazilgan sport zal va issiqxonani ko‘zdan kechirib, Tergov bo‘linmasining yurituvidagi jinoyat ishlarini har tomonlama, to‘la va xolisona tergov qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, Qipchoqsuv QFY Kattasoy qishlog‘ida joylashgan 3-sektor IIB boshlig‘i B.A.Naimovga biriktirilgan 136 o‘rinli 76-sonli boshlang‘ich taʼlim maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Vazir o‘rinbosari Ya.Abdulxakov Baxmal tumani IIB HPB profilaktika inspektori katta leytenant T.Xo‘jayarovning xizmat xonasidagi sharoit va amalga oshirayotgan ishlar, shuningdek, xizmat uyiga borilganda uning oila aʼzolari bilan uchrashib, yashash sharoitlari bilan tanishish bahonasida o‘zining tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, Baxmal tumani 4-sonli IIBda yaratilgan sharoitlar va ular tomonidan bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, xodimlarga ko‘rsatma hamda tavsiyalar berildi.

Vazir o‘rinbosari Ya.Abdulxakov barcha tuman IIOga tashrifi davomida masʼul xodimlarga murojaatlarni o‘z vaqtida qonuniy hal etish, fuqarolarni ichki ishlar organlaridan rozi bo‘lishini taʼminlash, “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimiz” degan konseptual g‘oya asosida ish faoliyatimizni olib borishimiz lozimligi, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, vazirlik tomonidan yuborilayotgan ko‘rsatma va topshiriqlarni o‘zlashtirilganligini so‘rab, har bir xodim kitob o‘qishi kerakligini taʼkidladi.

O‘z navbatida, Respublika Maxsus komissiyaning 33 va 34-son qarorlari va talablari asosida viloyatda aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasini tarqalib ketishini oldini olish, karantin rejimini so‘zsiz taʼminlash borasida sektor rahbarlari, mutasaddi va masʼullarga bir qatortopshiriqlar berildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech