O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ya.Abdulxakov Navoiy viloyatidagi o‘rganishlarini yakunladi

Polkovnik Ya.Abdulxakov Navoiy viloyatining Navoiy, Zarafshon va G‘ozg‘on shaharlari, Navbahor, Uchquduq, Nurota va Karmana tumanlarida bo‘lib, faoliyatni samarali tashkil etish, jinoyatchilikni jilovlash va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish yuzasidan manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirdi.

Jumladan, Navoiy shahridagi “Yangiobod” va “Taraqqiyot”, Navbahor tumanidagi “Navkar”, Uchquduq tumanidagi “Mustaqillik”, Nurota tumanidagi “Eshon Sudur” mahallalarida sektor rahbarlari hamda “mahalla beshligi” tomonidan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida tashkil etilgan ijtimoiy profilaktika choralari o‘rganilib, kriminogen vaziyati og‘ir hisoblangan “qizil” toifadagi mahallalarda jinoyatchilikni jilovlashga qaratilgan aniq vazifalar belgilab berildi, sektor rahbarlarining shaxsiy javobgarligi va masʼuliyati oshirildi.

Uchquduq tumanida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ularni sportga jalb qilish borasida tumandagi “Yoshlar” markazida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Navoiy shahar, Navbahor va Karmana tumanlarida o‘tkazilgan “Xavfsiz tun” tadbirida ishtirok etib, IIOlarida tungi navbatchilik xizmati faoliyatini tashkil etilishi, kuch va vositalarning yo‘naltirilganligi, huquq-tartibot organlarining jamoat tartibini saqlash borasida hamkorlikdagi holatiga baho berilib, xodimlarning tungi xizmat jarayonlari tekshirildi va eʼtibor qaratilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, vazir o‘rinbosari tergov bo‘linmalari xodimlari bilan suhbatlashib, tergov sifatini oshirish, xizmat intizomini mustahkamlash yuzasidan xodimlarga ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

O‘rganish jarayonida, aniqlangan barcha holatlar tanqidiy muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech