O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ya.Abdulxakov vodiy viloyatlarida ichki ishlar organlari faoliyatini o‘rganmoqda

Polkovnik Ya.Abdulxakov joriy yilning 19-20 iyul kunlari kriminogen vaziyatni o‘rganish va yana-da barqarorlashtirish yuzasidan Farg‘ona viloyati ichki ishlar organlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Vazir o‘rinbosari Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahri, Buvayda, Uchko‘prik, Bog‘dod va boshqa shahar-tumanlarini o‘rganish davomida, so‘rovxonalarning holati, navbatchilik qismlari faoliyati va vatanparvarlik burchaklariga alohida eʼtibor qaratib, faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlarida esa, tergov bo‘linmalari xodimlariga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning xizmat faoliyati va ish yuklamalarini o‘rganib, qo‘shimcha tavsiyalar bildirildi.

Shuningdek, Quva tumaniga tashrifi davomida murojaatlarni ko‘rib chiqish va qonuniy hal etish hamda xodimlarning kasb madaniyatiga rioya qilish masalalariga to‘xtalib, zaruriy ko‘rsatmalar berdi.

Vodiy viloyatlarida ichki ishlar organlari faoliyatini o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech