O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ya.Abdulxakov Jizzax viloyatidagi o‘rganishlarini yakunladi

Polkovnik Ya.Abdulxakov Jizzax viloyatida bo‘lib, ichki ishlar bo‘linmalari faoliyatini samarali tashkil etish, jinoyatchilikni jilovlash va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish yuzasidan manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirdi.

Jumladan, Mirzacho‘l tumanidagi “G‘alaba”, Do‘stlik tumanidagi “Sanoatchilar”, Arnasoy tumanidagi “G‘oliblar”, Paxtakor tumanidagi “Toshkent”, Zarbdor tumanidagi “Mustaqillik”, Zomin tumanidagi “Duoba”, Baxmal tumanidagi “Fayzobod” va G‘allaorol tumanidagi “Samarqand” mahallasida sektor rahbarlari hamda “mahalla beshligi” tomonidan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida tashkil etilgan ijtimoiy-profilaktik choralar o‘rganilib, kriminogen vaziyati og‘ir hisoblangan “qizil” toifadagi mahallalarda jinoyatchilikni jilovlashga qaratilgan aniq vazifalar belgilab berildi, sektor rahbarlarining shaxsiy javobgarligi va masʼuliyati oshirildi.

Shuningdek, vazir o‘rinbosari tergov bo‘linmalari xodimlari bilan suhbatlashib, tergov sifatini oshirish, xizmat intizomini mustahkamlash yuzasidan xodimlarga ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

O‘rganish jarayonida, aniqlangan barcha holatlar tanqidiy muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech