O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Yahyojon Abdulhaqov viloyatimizda jinoyatchilikni jilovlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni bevosita joyiga borib o‘rganmoqda

Shu kunlarda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Yahyojon Abdulhaqov hamda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Mansur Sattarov shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari, MFYlar va boshqa obyektlarga borib, jinoyatchilikni jilovlash borasidagi ishlarni o‘rganmoqda.

Jumladan, Beshariq tumani ichki ishlar bo‘limida bo‘lgan Vazir o‘rinbosari bo‘lim mutasaddilari bilan xizmat samaradorligini yana-da oshirish yuzasidan fikr almashdi. O‘rganishlar tumandagi “Dala Hamid” MFYda davom etdi. Mahalla “yettiligi” faoliyatini ko‘zdan kechirgan mutasaddilar hamkorlikni yana-da mustahkamlash yuzasidan zarur tavsiyalar berishdi.

Tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasidagi shart-sharoitlar ham eʼtibordan chetda qolmadi.

O‘zbekiston tumanida amalga oshirilayotgan o‘rganishlar davomida migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limidagi xizmat jarayoni bilan tanishgan Vazir o‘rinbosari bu yerga yumush bilan kelgan fuqarolar bilan ham muloqot o‘tkazildi.

Yaypan shaharchasidagi “Turkiston” MFYda ham mahalla faollari hamda ichki ishlar organlari faxriylari bilan o‘tkazilgan samimiy suhbat davomida “mahallabay” va “xonadonbay” o‘rganishlarni tizimli tashkil etish xususida so‘z yuritildi. Faollarga zarur maslahatlar berildi. Mahalla qoshida tashkillangan yoshlar kutubxonasi faoliyati ijobiy baholandi.

Shu kuni mutasaddilar O‘zbekiston tumani tibbiyot birlashmasi tarkibidagi mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punkti (xushyorxona)dagi sharoitlar bilan ham tanishdilar.

O‘rganishlar davom etmoqda.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech