O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ramazon Ashropov Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholini muammolarini o‘rganmoqda

Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga asosan, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik R.Ashropov tomonidan vazirlik va idoralar rahbarlari hamrohligida Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi muammolari o‘rganilib, ularning bandligini taʼminlash, migratsiyadagilar bilan manzilli ishlash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini hal etish borasida olib borilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqilib, amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.   

Vazir o‘rinbosari R.Ashropov tashrif davomida Nukus shahar IIO FMBdagi situatsion markaz faoliyati bilan tanishib, u yerda faoliyat olib borayotgan xodimlarni o‘qitish, tegishli bilimga ega bo‘lgan soha mutaxassislarini ishga qabul qilish borasida ko‘rilayotgan choralarni o‘rgandi va masʼullarga topshiriqlar berdi.

So‘ng, Beruniy va Qonliko‘l tumanlarida sayyor qabullar tashkil etilib, jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillari bilan muloqot qildi.

Sayyor qabulda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, polkovnik B.Torebekov, vazirlik va idoralar rahbarlari, respublika ishchi guruhi aʼzolari hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etishdilar.

Qabul davomida, fuqarolar muammolarini hal etishda ko‘mak so‘rashdi. Vazir o‘rinbosari tomonidan fuqarolarning muammolari eshitilib, joyni o‘zida ijobiy hal etildi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilgan shaxslarga ID-kartalari rasmiylashtirib berildi, ayrim fuqarolarning qo‘shimcha tekshirish talab etiladigan murojaatlari ijroga qaratilib, masʼullarga topshiriqlar berildi va qonuniy hal etilishi nazoratga olindi.

Respublika ishchi guruhining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi o‘rganishlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech