Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Ramazon Ashropov tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi
Joriy yilning 18 oktabr kuni Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik R.Ashropov tomonidan Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi “Monomarkaz” binosida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazilib, jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillari bilan muloqot qildi.
Sayyor qabulda Toshkent shahar IIBB boshlig‘i, general-mayor A.A.Tashpulatov hamda vazirlik va Toshkent shahridagi har bir tumanning mutasaddi rahbarlari ishtirok etishdi.
Qabul davomida, jami 73 nafar fuqarolar 49 ta masala bo‘yicha muammolarini hal etishda ko‘mak so‘rashdi. Vazir o‘rinbosari tomonidan fuqarolarning muammolari eshitilib, ularning 15 tasi joyida ijobiy hal etildi, 9 tasi bo‘yicha ariza mualliflariga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi, masalani hal etish uchun qo‘shimcha muddat talab etiladigan 25 nafar fuqarolarning murojaatlari ijroga qaratilib, masʼullarga topshiriqlar berildi va qonuniy hal etilishi nazoratga olindi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti