O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ramazon Ashropov Toshkent shahrida aholini muammolarini o‘rganmoqda

Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga asosan respublika ishchi guruhi tomonidan respublikamizning barcha hududlarida aholi muammolarini o‘rganish va hal etish hamda amaliy yordam ko‘rsatish belgilangan.Rejaga muvofiq ayni kunlarda Ichki ishlar vazirligi rahbariyatining Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan Innovatsiya markazi binosida sayyor qabuli o‘tkazilmoqda. Sayyor qabulda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik R. Ashropov bilan birga IIV va Toshkent shahar IIBBning tegishli sohaviy xizmat rahbarlari hamda Toshkent shahar IIBB boshlig‘i, general-mayor A.Tashpulatov ham ishtirok etib, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilishmoqda. Ommaviy sayyor qabulga Toshkent shahrining barcha tumanlarida yashovchi jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillari tashrif buyurishmoqda. Qabul davomida, fuqarolarning muammolari eshitilib, joyni o‘zida ijobiy hal etilmoqda, shuningdek, ayrim fuqarolarning qo‘shimcha tekshirish talab etiladigan murojaatlari ijroga qaratilib, masʼullarga topshiriqlar berilib, qonuniy hal etilishi nazoratga olinmoqda.

Toshkent shahrida sayyor qabullar davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech