Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ramazon Ashropov Jizzax viloyatida aholini muammolarini o‘rganmoqda
Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga asosan, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik R.Ashropov tomonidan vazirlik va idoralar rahbarlari hamrohligida Jizzax viloyatida aholi muammolari o‘rganilib, ularning bandligini ta’minlash, migratsiyadagilar bilan manzilli ishlash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini hal etish borasida olib borilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqilib, amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Vazir o‘rinbosari R.Ashropov Jizzax shahri, Forish va Sharof Rashidov tumanlari aholisi uchun maxsus iqtisodiy zona direksiyasida tashkil etilgan sayyor qabulda jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillari bilan muloqot qildi.
Sayyor qabulda Jizzax viloyati IIB boshlig‘i, general-mayor G‘.T.Qodirov, vazirlik va idoralar rahbarlari, respublika ishchi guruhi a’zolari hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etishdilar.
Qabul davomida, fuqarolar muammolarini hal etishda ko‘mak so‘rashdi.
Vazir o‘rinbosari tomonidan fuqarolarning muammolari eshitilib, joyni o‘zida ijobiy hal etildi, shuningdek, ayrim fuqarolarning qo‘shimcha tekshirish talab etiladigan murojaatlari ijroga qaratilib, mas’ullarga topshiriqlar berildi va qonuniy hal etilishi nazoratga olindi.
Respublika ishchi guruhining Jizzax viloyatidagi o‘rganishlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti