Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik R.Ashropov raisligida tanqidiy-tahliliy sarhisob yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Kuni kecha, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalari barcha shaxsiy tarkibi ishtirokida 2024 yilning o‘tgan davrida tergov sifati, tergov va surishtiruv faoliyatini tashkil etishda amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, xizmat va ijro intizomiga rioya qilish holatlari, tergov bo‘linmalarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokamasi yuzasidan videokonferensaloqa tizimi orqali tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik R.Ashropov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda respublika ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalarining barcha shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Yig‘ilish boshida tashkiliy masala ko‘rilib, hududiy tergov boshqarmalariga yangi rahbarlik lavozimiga tayinlanganlarni shaxsiy tarkibga tanishtirdi.
Vazir o‘rinbosari polkovnik R.Ashropov tahlillarga to‘xtalib, o‘tgan davrda tergov qilingan jinoyat ishlari, jinoyat ishlarini tamomlash ahvoli, jinoyatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zararning undirilishi, ayblanuvchilarga nisbatan to‘g‘ri va asosli ehtiyot choralarini tanlanishi va shu kabi boshqa barcha yo‘nalishlarni atroflicha muhokama qildi.
Yig‘ilish davomida o‘tgan davrda erishilgan ijobiy natijalar, Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalarining ko‘rsatkichlari, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlarga to‘xtalib o‘tishi bilan bir qatorda, ayrim xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, murojaatlar bilan ishlash va boshqa yo‘nalishlarni muhokama qilib, kamchiliklarni oldini olish, tergov sifatini oshirish yuzasidan hududiy tergov boshqarmalari boshliqlariga aniq muddatlari belgilangan manzilli topshiriqlar berdi.
Shu bilan birga, bugungi kunda tergov bo‘linmalari xodimlari oldiga qo‘yilayotgan talablarga mos ravishda masʼuliyatni yana-da kuchaytirish hamda kadrlarni bilim saviyasini oshirish hamda xizmat va ijrochilik intizomiga rioya etishga qaratilgan qator vazifalarni belgilab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti