O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i polkovnik Ya.A.Abdulxakov Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan tergovchi va surishtiruvchilarning ota-onalari ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, vazir o‘rinbosari tergovchi va surushtiruchlarining ota-onalari bilan suhbatlashib, ularga vatanparvar va sadoqatli farzand tarbiyalab, har tomonlama qo‘llab – quvvatlayotganliklari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, xodimlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash borasida qilinayotgan ishlar haqida maʼlumot berib o‘tdi.

Shundan so‘ng IIOlarida 35 yil tergov sohasida 29 yil ishlagan polkovnik Zikrillayev Ulug‘bek Lashkarbekovichni naqafaga kuzatish marosimi o‘tkazildi va El-yurt osoyishtaligi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashda, yuklatilgan xizmat vazifalariga to‘liq yondoshib, kasb mahoratini namoyon etib, boshqa hamkasblariga namuna bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlar va ularning ota-onalariga maqtov yorlig‘i hamda mukofotlar berildi.

Sirdaryo tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi jinoyatlarni tergov qilish bo‘linmasi katta tergovchisi katta leytenant F.Anvarovga ish yurituvidagi jinoyat ishi yuzasidan ayblanuvchiga yengillik yaratib berish uchun taklif qilingan porani olmasdan, mazkur holat yuzasidan IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilganligi uchun 5 mln so‘m pul mukofoti berildi.     

Uchrashuvda xodimlarning xizmat va xizmatdan tashqari vaqtda kasbiy madaniyat va xizmat intizomi qoidalariga qatʼiy rioya etishlari, yosh xodimlarning yurish-turishi, xulq-atvorini nazorat qilib borish, ular tomonidan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etilishini oldini olishda oilaning, ota-onalarning muhim o‘rin tutishi alohida taʼkidlandi.

Tadbir yakunida xodimlar bilan bog‘liq salbiy illatlar va hodisalar sodir bo‘lishini oldini olish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shaxsiy namuna sifatida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, oila va farzand tarbiyasi uchun vaqt ajratish hamda boshqa masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirilib, takliflar muhokama qilindi va taqdirlangan xodimlar, ularning ota-onalari hamda faxriylar bilan birga Vazir o‘rinbosari Sirdaryo viloyati IIBning esdalik uchun fotosuratga tushdi.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech