Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i polkovnik Ya.A.Abdulxakov Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan tergovchi va surishtiruvchilarning ota-onalari ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi
Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, vazir o‘rinbosari tergovchi va surushtiruchlarining ota-onalari bilan suhbatlashib, ularga vatanparvar va sadoqatli farzand tarbiyalab, har tomonlama qo‘llab – quvvatlayotganliklari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, xodimlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash borasida qilinayotgan ishlar haqida maʼlumot berib o‘tdi.
Uchrashuvda xodimlarning xizmat va xizmatdan tashqari vaqtda kasbiy madaniyat va xizmat intizomi qoidalariga qatʼiy rioya etishlari, yosh xodimlarning yurish-turishi, xulq-atvorini nazorat qilib borish, ular tomonidan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etilishini oldini olishda oilaning, ota-onalarning muhim o‘rin tutishi alohida taʼkidlandi.
Tadbir yakunida xodimlar bilan bog‘liq salbiy illatlar va hodisalar sodir bo‘lishini oldini olish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shaxsiy namuna sifatida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, oila va farzand tarbiyasi uchun vaqt ajratish hamda boshqa masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirilib, takliflar muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti