O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i polkovnik Ya.A.Abdulxakov Samarqand viloyatida o‘rganish ishlarini olib bormoqda

Joriy yilning 13 sentyabr kuni polkovnik Ya.Abdulxakov Kattaqo‘rg‘on shahri, Bulung‘ur, Paxtachi, Narpay va Kattaqo‘rg‘on tumanlari IIBlariga tashrif buyurib, ichki ishlar organlari boshliqlari, ularning barcha o‘rinbosarlari hamda hududiy prokurorlar bilan uchrashib, IIBlarida tashkil etilgan so‘rovxonalar va navbatchilik qismlari faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, vazir o‘rinbosari tergov bo‘linmalari xodimlari bilan suhbatlashib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlardan xabardorligi o‘rganildi, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish hamda tergov sifatini oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Pastdarg‘om tumanida “Xavfsiz tun” tadbiriga jalb qilingan huquq-tartibot organlarining tungi yo‘riqnomasida ishtirok etib, masʼullarga jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida eʼtibor qaratilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘rsatib o‘tildi.

Polkovnik Ya.Abdulxakovning Samarqand viloyatidagi o‘rganishlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech