O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i polkovnik Ya.A.Abdulxakov Sirdaryo viloyatida o‘rganish ishlarini olib bormoqda

Joriy yilning 18-19 sentyabr kunlari polkovnik Ya.Abdulxakov Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumani, Guliston shahar va Sayxunobod tumani IIBlariga tashrif buyurib, ichki ishlar organlari boshliqlari, ularning barcha o‘rinbosarlari hamda hududiy prokurorlar bilan uchrashib, IIBlarida tashkil etilgan so‘rovxonalar va navbatchilik qismlari faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, vazir o‘rinbosari tergov bo‘linmalari xodimlari bilan suhbatlashib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlardan xabardorligi o‘rganildi, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish hamda tergov sifatini oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, jinoyatchilik darajasi og‘ir hudud sanalgan mahallalar, jumladan Guliston shahrining Bo‘ston, Yangi hayot, Sayxunobod tumani Shodlik, Baxmalsoy, Sirdaryo tumani Do‘stlik hamda Adolat mahallalariga tashrif buyurib, u yerda jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari va unga imkon bergan shart sharoitlarni o‘rganib, kriminogen vaziyatni yaxshilash va jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan rahbarlarga tushuntirishlar berib o‘tdi. 

Guliston shahrida “Xavfsiz tun” tadbiriga jalb qilingan huquq-tartibot organlarining tungi yo‘riqnomasida ishtirok etib, masʼullarga jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida eʼtibor qaratilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘rsatib o‘tildi.

Polkovnik Ya.Abdulxakovning Sirdaryo viloyatidagi o‘rganishlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech