O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i polkovnik Ya.A.Abdulxakov Sirdaryo viloyatida o‘rganish ishlarini olib bormoqda

Joriy yilning 20 sentyabr kuni polkovnik Ya.Abdulxakov Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumani IIBga tashrif buyurib, ichki ishlar organlari boshliqlari, ularning barcha o‘rinbosarlari hamda hududiy prokurorlar bilan uchrashib, IIBda tashkil etilgan so‘rovxonalar va navbatchilik qismlari faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, vazir o‘rinbosari tergov bo‘linmalari xodimlari bilan suhbatlashib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlardan xabardorligi o‘rganildi, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish hamda tergov sifatini oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Bundan tashqari, jinoyatchilik darajasi og‘ir hudud sanalgan mahallalar, jumladan, Oqoltin tumanidagi Mustaqillik va Yangihayot mahallalariga tashrif buyurib, MFY faollari bilan uchrashdi va u yerda jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari va unga imkon bergan shart sharoitlarni o‘rganib, kriminogen vaziyatni yaxshilash va jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan raxbarlarga tushuntirishlar berib o‘tdi.

Boyovut tumaniga Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i va viloyat prokurori bilan birga borib, u yerda “Xavfsiz tun” tadbiriga jalb qilingan huquq-tartibot organlarining tungi yo‘riqnomasida ishtirok etib, masʼullarga jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida eʼtibor qaratilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘rsatib o‘tdi.

Shundan so‘ng, Boyovut tumanidagi qizil hududga kiritilgan Shirin mahalasiga ham borib, tergov-tezkor guruhi va yong‘in xavfsizligi xizmatlari chaqirilib, ularning tezkor va shaylik darajasi o‘rganib, kriminogen vaziyatni yaxshilash va jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan raxbarlarga tushuntirishlar berib o‘tdi.   

Polkovnik Ya.Abdulxakovning Sirdaryo viloyatidagi o‘rganishlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech