O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i polkovnik R.A. Ashropov Toshkent viloyatida o‘rganish ishlarini olib bormoqda

Hududlarda jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish hamda kriminogen vaziyatni yanada barqarorlashtirish yuzasidan joriy yilning 4 mart kuni polkovnik R.Ashropov Chirchiq shahriga tashrif buyurib, amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, sektor rahbarlari bilan birgalikda kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan “Yoshlik” va “Istiqlol” MFYlarida bo‘lib, “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi, “ijtimoiy profilaktika” tizimi doirasida ko‘rilayotgan choralar bilan tanishdi, ishlarni aniq va manzilli reja asosida tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berib, amaliy chora-tadbirlarni belgiladi.

Shuningdek, Chirchiq shahridagi 14-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabiga borib, o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi, o‘quvchilarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, yetarlicha shart-sharoitlar yaratish yuzasidan masʼullarga tavsiyalar berdi.

So‘ng, vazir o‘rinbosari R.Ashropov O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetidagi huquq-tartibot maskani faoliyati bilan tanishdi, hamkorlikda bajariladigan ishlar bo‘yicha kelgusidagi vazifalarni belgilab berdi.

Polkovnik R.Ashropovning Toshkent viloyatidagi o‘rganishlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech