O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Ya.A.Abdulxakov Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda uning hududiy Tergov bo‘linmalari faoliyatini o‘rgandi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda viloyatning Boysun, Sherobod, Muzrobod va Angor tumanlari IIBlariga tashrif buyurib, u yerda tashkil etilgan so‘rovxonalar faoliyatining ahvoli hamda Tergov bo‘linmalari xizmat faoliyatini o‘rgandi.

Jumladan, vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan IIVning 16.06.2020 yilgi “Ichki ishlar organlari faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash borasida ishlar samaradorligini yana-da oshirish to‘g‘risida”gi Farmoyishi hamda Tergov departamentining 24.06.2020 yilgi ko‘rsatma bandlarining ijrosi bo‘yicha, IIBlarda tashkil etilgan so‘rovxona faoliyatining umumiy ahvoli, Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tergov bo‘linmalari yaʼni Boysun, Sherobod, Muzrobod va Angor tumanlarining xizmat xonalariga o‘rnatilgan audio va videokuzatuv kameralarining ishlash ahvoli, shuningdek tergov bo‘linmasida tashkil qilingan advokatlar xonasi bilan yaqindan tanishib, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, kelgusida xizmat faoliyatini yana-da yaxshilash hamda tergov sifatini oshirish bo‘yicha bir qator aniq manzilli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalarining ish faoliyati o‘rganish davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech