Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda viloyatning Buxoro shahar IIO FMB, Buxoro, Olot, Qorako‘l va Romitan tumanlari IIBlariga tashrif buyurib, u yerda tashkil etilgan so‘rovxonalar faoliyatining ahvoli hamda Tergov bo‘limlari xizmat faoliyatini o‘rgandi
Jumladan, vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan IIVning 16.06.2020 yilgi “Ichki ishlar organlari faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash borasida ishlar samaradorligini yana-da oshirish to‘g‘risida”gi Farmoyishi hamda Tergov departamentining 24.09.2020 yilgi ko‘rsatma bandlarining ijrosi bo‘yicha, IIBlarda tashkil etilgan so‘rovxona faoliyatining umumiy ahvoli, Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tergov bo‘linmalari yaʼni Buxoro shahar IIO FMB, Buxoro, Olot, Qorako‘l va Romitan tumanlarining xizmat xonalarida yaratilgan shart-sharoitlar, surishtiruvchi va tergovchilarning yurituvidagi tergovga qadar tekshiruv hujjatlari hamda jinoyat ishlari, xizmat xonalariga o‘rnatilgan audio va videokuzatuv kameralarining ishlash ahvoli, shuningdek, tergov bo‘linmasida tashkil qilingan advokatlar xonasi bilan yaqindan tanishib, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, kelgusida xizmat faoliyatini yana-da yaxshilash hamda tergov sifatini yana-da oshirish bo‘yicha bir qator aniq manzilli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, shu kuni soat 15:00 da Buxoro viloyati IIB majlislar zalida Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.B.Valiyev ishtirokida Bosh prokuraturaning Jinoiy-huquqiy statistika boshqarmasi boshlig‘i L.T.Qalandarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.10.2018 yilgi PF-5566-sonli va 10.08.2020 yilgi PF-6041-sonli Farmonlari ijrosini taʼminlash jarayonida xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar hamda “Elektron jinoiy huquqiy statistika” yagona axborot tizimi va “ye-material” elektron tizimi bilan ishlash, shuningdek ushbu sohada yuzaga kelayotgan muammolar to‘g‘risida o‘quv-semenar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalarining ish faoliyatining o‘rganish davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti