O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.Abdulxakov Navoiy viloyatining Uchquduq tumani va Zarafshon shahri IIO faoliyatini o‘rgandi

Joriy yilning 26 sentyabr kuni polkovnik Ya.Abdulxakov Navoiy viloyatining Uchquduq tumani va Zarafshon shahri IIBlariga tashrif buyurib, ichki ishlar organlari boshliqlari, ularning barcha o‘rinbosarlari hamda hududiy prokurorlar bilan uchrashib, IIBda tashkil etilgan so‘rovxonalar va navbatchilik qismlari faoliyati bilan tanishdi.

Jinoyatchilik darajasi og‘ir hudud sanalgan mahallalar, jumladan, Uchquduq tumanidagi “Mustaqillik” mahallasiga tashrif buyurib, MFY faollari bilan uchrashdi va u yerda jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari va unga imkon bergan shart sharoitlarni o‘rganib, kriminogen vaziyatni yaxshilash va jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan rahbarlarga tushuntirishlar berib o‘tdi.

Shuningdek, Uchquduq tumanida joylashgan “Yoshlar” markaziga tashrif buyurib, markazda yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida sportning og‘ir atletika,  badiiy gimnastika  va stol tennisi turlari uchun ajratilgan sport zallari hamda boshqa yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib yoshlar bilan suhbat o‘tkazdi.

Bundan tashqari, viloyat IIB boshlig‘i va  viloyat prokurori bilan birga Navoiy shahrida bo‘lib o‘tgan “Xavfsiz tun” tadbiri davomida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganib, masʼullarga jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida eʼtibor qaratilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘rsatib o‘tdi.

So‘ngra, viloyat prokuraturasiga tashrif buyurib, u yerda tashkil etilgan “tergov poligoni” bilan tanishib chiqdi.

Polkovnik Ya.Abdulxakovning Navoiy viloyatidagi o‘rganishlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech