O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan Ohangaronning togʻli hududida yana bir zamonaviy maktab qad rostladi

Tumanning “Chetsuv” mahallasida joylashgan 21-umumiy oʻrta taʼlim maktabining “Oqtosh” qishlogʻidagi filialida qayta qurilish qilinib, 54-maktab maqomi berildi. 

Shu munosabat bilan yangi maktabning tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi. Unda Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Yahyo Abdulhakov, YHXX boshligʻi Olim Saidov va Ohangaron tumani hokimi Abdurasul Abdullayev ishtirok etdilar.

Tantanali tadbirda soʻzga chiqqanlar yangilanayotgan yurtimizda xalq taʼlimi tizimiga qaratilayotgan eʼtiborga alohida toʻxtalib, bu maktab “Yangi Oʻzbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” degan hayotiy shiorning tub mazmun-mohiyatining amaldagi namoyishi ekanligini taʼkidladilar.

Maʼlumot uchun “Chetsuv” mahallasida 562 ta xonadon mavjud boʻlib, 3041 kishi istiqomat qiladi. Lekin maktab filiali atigi 6 ta sinfxonadan iborat boʻlib, bugungi kunda bu yerda 186 nafar oʻquvchi kichik sinflarda tahsil olmoqda. 10-11-sinf oʻquvchilari 6-7 kilometr yoʻl bosib, 21-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga masofani piyoda bosib oʻtib, qatnab oʻqishar edi. Kuz-qish mavsumida oʻquvchilar deyarli darslarga qatnay olmasdi.

Bugun esa ushbu maktab 240 oʻquvchini qamrab oladi. Yangi tashkil etilgan maktab yangi jihozlar bilan toʻliq taʼminlandi, bundan tashqari, direktor va uning oʻrinbosarlari uchun alohida boshqaruv xonalari, oʻquvchilar uchun kutubxona tashkil etildi va jihozlandi.

Maktab filialining yangi maktab sifatida tashkil etilishi boʻyicha sayyor qabuldagi murojaat ijobiy yechim topgani chetsuvliklarning quvonchiga sabab boʻldi.

IIBB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech