O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik O.T.Qulbekov tomonidan Navoiy viloyati IIB va shahar-tuman IIBlari faoliyati o‘rganildi

Joriy yilning 26-28 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik O.T.Qulbekov tomonidan Navoiy viloyati IIB va shahar-tuman IIBlari hamda tergov bo‘linmalari faoliyati o‘rganildi.

Xususan, Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tergov bo‘linmalari xodimlariga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning xizmat faoliyati va ish yuklamalari o‘rganilib, surishtiruvchi va tergovchilarda mavjud muammolarni aniqlash maqsadida ular bilan individual suhbatlar o‘tkazildi.

Bundan tashqari, viloyatning Navoiy shahri, Karmana, Navbahor va Nurota tuman Ichki ishlar bo‘limlarida tashkil etilgan so‘rovxonalar faoliyati to‘liq o‘rganilib, belgilangan vazifalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Yakunda Navoiy viloyati IIB rahbariyati va barcha tuman-shahar IIB masʼul xodimlari hamda surishtiruvchi va tergovchilar ishtirokida video selektor tarzida muhokama yig‘ilishi o‘tkazilib, o‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi hamda Ichki ishlar vazirining buyruq talablari xodimlarga yetkazildi.

Text to speech