O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentida o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalarda xizmat olib borayotgan tergov xodimlarini kasbiy malakasini oshirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, surishtiruv va dastlabki tergovni sifatini yana-da oshirishi maqsadida, joriy yilning 09 mart kuni “Diniy ekstremizm, terrorizm va uning ko‘rinishlari bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishga ixtisoslashtirilgan tergovchilarni tayyorlash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 43-sonli farmoyishga asosan, Tergov departamentida belgilangan o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar 2 bosqichga bo‘lingan holda tashkil etildi.

(Birinchi bosqich 2021 yil 15 martdan 27 mart kuniga qadar, ikkinchi bosqich 29 martdan 10 aprelga qadar belgilangan.)

Mashg‘ulotlarning birinchi bosqichida, Toshkent shahar, Toshkent, Namangan, Andijon, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari IIB huzuridagi Tergov boshqarmalari va quyi bo‘linmalarda xizmat olib borayotgan jami 8 nafar tergov xodimlari taklif etilgan.

Tashkil etilgan o‘quv jarayonlari kunning birinchi yarmida nazariy (IIVning boshqa sohaviy xizmatlar, boshqa davlat tashkilotlari va qo‘mitalaridan belgilangan xodimlari taklif etilib, umumiy tushunchalar va munozaralar tashkil etish) va ikkinchi yarmi amaliy mashg‘ulotlar (Tergov departamenti Jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi xodimlari ish yurituvidagi jinoyat ishlari yuzasidan olib borayotgan dastlabki tergov harakatlarini o‘rganish, ularda ishtirokini taʼminlash) tarzida tashkil etilgan.

Shuningdek, o‘quv jarayonlarni yana-da qiziqarli va munozaralari o‘tkazish maqsadida tergov xodimlarni belgilangan jadval asosida IIVning boshqa sohaviy xizmatlar hamda davlat tashkiloti va qo‘mitalar bilan hamkorlikni taʼminlash maqsadida, aynan ular joylashgan binolarga borilib, ish jarayonlari hamda jinoyatlarni tergov qilishda mavjud imkoniyatlari o‘rganib borish tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotlarning birinchi bosqichi joriy yilning 15 mart kunidan boshlangan. Xodimlar tomonidan IIVning TEQKBB, Tezkor hamkorlik boshqarmasi, Interpol milliy markazi, Ekspert-kriminalistika markazi, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi, shuningdek, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, O‘zbekiston musulmonlar idorasi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti, Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Davlat bojxona qo‘mitasi masʼul xodimlari ishtirokida, ushbu sohaviy xizmatlar joylashgan binolarga borilib, o‘quv mashg‘ulotlari va munozaraviy suhbatlar tashkil etildi.

Joriy yilning 27 mart kuni mazkur o‘quv mashg‘ulotlarning birinchi bosqichi yakunlanib, unda ishtirok etgan tergov xodimlariga Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan maxsus sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

O‘quv mashg‘ulotlarning ikkinchi bosqichi joriy yilning 29 mart kunidan 10 aprel kuniga qadar belgilangan bo‘lib, unda Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Transportda XTBB huzuridagi tergov xodimlari taklif etilgan.


O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech