O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

IIV o‘rinbosari polkovnik Ya.Abdulhakov viloyat IIB boshlig‘i, general-mayor G‘ayrat Qodirov bilan birgalikda kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik ishlarining ahvolini o‘rganishdi

IIV o‘rinbosari polkovnik Ya.Abdulhakov viloyat IIB boshlig‘i, general-mayor G‘ayrat Qodirov bilan birgalikda Forish tumanining olis hududlaridagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida hamda o‘rta umumtaʼlim maktablarida kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik ishlarining ahvolini o‘rganishdi.

O‘rganish davomida bir qator masalalar aniqlanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar yuklandi.

Bundan tashqari, mahallalarda faollar bilan o‘tkazilgan muloqotlarda aholi yashash uylarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, qishning qahraton kunlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning barvaqt oldini olish hamda mavsumni betalofot o‘tkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish lozimligi taʼkidlandi.

Mutasaddilarga aholi muammolari bilan ishlash va ularni hal etish, qonunbuzarliklarning oldini olish yuzasidan topshiriqlar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech