O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qoraqalpogʼiston Respublikasida interaktiv amaliy oʼquv mashgʼuloti oʼtkazildi.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti hamda “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazi oʼrtasida imzolangan “Odam savdosini oldini olish va unga qarshi kurashish” memorandumi ijrosini taʼminlash maqsadida 2019 yil 30 noyabr kuni Nukus shahridagi “Massaget” mehmonxonasida “Ijtimoiy hamkorlik negizida dolzarb aloqa tarmogʼi faoliyatini kengaytirish” mavzusida Interaktiv amaliy oʼquv mashgʼuloti oʼtkazildi. 

Oʼquv mashgʼulotida Qoraqalpogʼiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning hududiy boʼlinmalari, Qoraqalpogʼiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi, IIVning HPB xotin-qizlar bilan ishlash boʼlimi hamda vazirlik Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari hamda Oʼzbekiston Respublikasi “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazi va uning Qoraqalpogʼiston Respublikasi boʼlimi vakillari ishtirok etdilar.

Mashgʼulot jarayonida ishtirokchilar oʼrtasida “odam savdosini oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida oʼzaro fikr almashildi.

 

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi tergov departamenti

Text to speech