O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Samarqand viloyatida interaktiv amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti hamda “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazi o‘rtasida imzolangan “Odam savdosini oldini olish va unga qarshi kurashish” memorandumi ijrosini ta'minlash maqsadida 2019 yil 05 dekabr kuni Samarqand viloyati Samarqand shahridagi Siyob tibbiyot kollejida “odam savdosi va noqonuniy noqonuniy migratsiya” mavzusida interaktiv o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘ulotida Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi, Ekspert-kriminalistika bo‘limlari, Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazi va uning Samarqand viloyat bo‘limi vakillari ishtirok etdilar.

Mashg‘ulot jarayonida ishtirokchilar o‘rtasida “odam savdosini oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida o‘zaro fikr almashildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

-----------------------------------------------------------------------

Самарқанд вилоятида интерактив амалий ўқув машғулоти ўтказилди.

Ўзбекистон Республикаси ИИВ ҳузуридаги Тергов департаменти ҳамда “Истиқболли авлод” ижтимоий-ахборот маркази ўртасида имзоланган “Одам савдосини олдини олиш ва унга қарши курашиш” меморандуми ижросини таъминлаш мақсадида 2019 йил 05 декабрь куни Самарқанд вилояти Самарқанд шаҳридаги Сиёб тиббиёт коллежида “одам савдоси ва ноқонуний миграция” мавзусида интерактив ўқув машғулоти ўтказилди.

Ўқув машғулотида Самарқанд вилояти ИИБ ҳузуридаги Тергов бошқармаси ва унинг ҳудудий бўлинмалари, Миграция ва фуқароликни расмийлаштириш бошқармаси, Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси бошқармаси, Эксперт-криминалистика бўлимлари, Терроризм ва экстремизмга қарши курашиш бошқармаси ходимлари ҳамда Ўзбекистон Республикаси “Истиқболли авлод” ижтимоий-ахборот маркази ва унинг Самарқанд вилоят бўлими вакиллари иштирок этдилар.

Машғулот жараёнида иштирокчилар ўртасида “одам савдосини олдини олиш ва унга қарши курашиш” мавзусида ўзаро фикр алмашилди.

Ўзбекистон Республикаси ИИВ ҳузуридаги тергов департаменти

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech