O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati ishtirokida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasining 2026-yilning 1-choragi yakunlari bo‘yicha sarhisob yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Ramazon Ashropov hamda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Toxir Aripov huzurida viloyat Ichki ishlar boshqarmasining 2026-yil 3 oy davomidagi xizmat faoliyati yakunlari bo‘yicha sarhisob yig‘ilishi o‘tkazildi.

Dastlab, viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari so‘zga chiqib, viloyatdagi kriminogen vaziyat haqida axborot berdi.

Shundan so‘ng, viloyat hududida sohaviy xizmatlar va ichki ishlar bo‘limlari tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan hududlar, jinoyatchilikni jilovlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar faoliyatlari tanqidiy-tahlil etildi.

2026-yil uch oy davomida viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, qonun ustuvorligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar uchun xavfsiz muhitni yaratish borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Davlatimiz rahbarining mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan qarorining mazmun-mohiyati, ijrosini ta’minlashda yettilik va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikni mustahkamlash lozimligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech