O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Internet ijtimoiy tarmoqlarida ichki ishlar xodimi fuqaroning og‘iz bo‘shlig‘idan giyohvand vositasiga o‘xshagan modda olganligi yuzasidan maʼlumot

Aniqlanishicha, joriy yilning 26 oktyabr kuni soat 15:00 da Qo‘shrabot tumani, “Orom” to‘yxonasi qarshisida haydovchi 20 yoshli r.T., boshqaruvida bo‘lgan “Labo” rusumli avtomashinani qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib boshqarishi oqibatida qarama-qarshi yo‘nalishdan unga qarab harakatlanayotgan 16 yoshli S.S.,ning boshqaruvida bo‘lgan “Vaz-2101” rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir qilgan.

YTH natijasida hech bir kishi tan jarohati olmagan, avtomashinalar shikastlangan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyga yetib borishgan IIB YXHB inspektorlarini ko‘rib haydovchi r.T., og‘iz bo‘shlig‘iga nomaʼlum modda solib, uni yutishga harakat qilgan vaqtida, jamoatchilik kuchi yordamida uning og‘izdan 1000  so‘mlik kupyuraga o‘ralgan, “Spichki” yozuvi bor gugurt quti ichiga solingan, quruq holdagi, maydalangan, o‘tkir hidli giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda hamda cho‘ntagida giyohvand modda isteʼmoli uchun moslashtirilgan, angishvona o‘rnatilgan baklajka qopqog‘i borligi aniqlanib, haydovchi r.T., tuman IIB maʼmuriy binosiga olib kelinib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, r.T.,dan ashyoviy dalil tariqasida olingan bir dona “Spichki” yozuvli gugurt qutichasiga solingan yashil rangli, o‘tkir hidli, quritilgan holdagi o‘simlik moddasi tarkibida giyohvand vositasi tarkibida  giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjudligi, bu modda “marixuana” giyohvandlik vositasi turiga kirishligi, sof og‘irligi 0,47 grammga teng ekanligi, bir dona ko‘k rangli yelim qopqoq ichidan giyohvand modda-tetragidrokannabinol modda izlari topilganligi bayon qilingan.        

Hozirda mazkur holat bo‘yicha Qo‘shrabot tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech