Interpol Bosh kotibiyati tomonidan biometrik maʼlumotlar va xalqaro maʼlumotlar almashish maqsadida onlayn o‘quv kursi tashkil etildi
Joriy yilning 01-31 oktyabr kunlari Interpol Bosh kotibiyati tomonidan xalqaro maʼlumotlar almashish maqsadida onlayn o‘quv kursi tashkil etildi. Unda Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi katta eksperti kapitan Abdurashidov Abdusamad Abduganiyevich, ekspert, katta leytenant Nabiyev Muzaffar Alavutdinovich, Toshkent shaxar IIBB EKM boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Ravshanbekov Alisher Ulug‘bekovich va EKM bosh eksperti mayor Odinayev Eldor Ergashovichlar ishtirok etdilar
O‘quv kursining asosiy qismi insonning biometrik maʼlumotlari bo‘lgan DNK profili, barmoq izlari va tashqi yuz qiyofasiga oid maʼlumotlar bo‘yicha seminar-treninglarga bag‘ishlandi. Bunda Interpol Bosh kotibiyati tomonidan xalqaro tajribaga ega mutaxasislar tomonidan voqea joyini sifatli ko‘zdan kechirish, barmoq izini sifatli olishga taʼsir etadigan omillar, tashqi yuz qiyofasidan tanib olishda duch kelinadigan muammolar, zamonaviy avtomatlashtirilgan daktiloskopik taqqoslash tizimlari orqali jinoyatni fosh etish istiqbollari, DNK profilining o‘ziga xos xususiyatlari mavzularida batafsil maʼlumotlar berildi.
DNK profili, barmoq izlari va tashqi yuz qiyofasi saqlanadigan Interpol maʼlumotlar bazasida tekshirish uchun xalqaro maʼlumot almashish tartiblari, xalqaro tan olingan yagona formatlar va maʼlumot almashish manbasi mavzusidagi seminar IIV hodimlarining xalqaro maydonda, tez va sifatli maʼlumotlar almashish bo‘yicha savodxonligini oshirdi.
Kelgusida bu turdagi seminar-treninglar xodimlarning xalqaro maydondagi ilmiy saloxiyatini oshirishga xizmat qilgani sababli, IIV EKBM bu yo‘nalishdagi seminar treninglarni tashkil qilishga xayrixoxligi bildiradi.
IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi