Ishchi guruh tomonidan tadbirkorning murojaati hal etildi.
Zayniddin Xolmirzaev koʼp yillardan buyon asalarichilik bilan shugʼullanib keladi. Ushbu soha koʼchma soha xisoblangani bois arilar togʼ va togʼ oldi xududlari, ekinzor maydonlarida parvarishlanadi. Zayniddin Holmirzaevning ham yashash joyi Namangan shahrida, biroq asalarilarni yilning fevral oyidan dekabr oyigacha Uchqoʼrgʼon va Norin tumanlaridagi bir necha hududlarda parvarish qilib boradi. Аyni kunlarda esa arilar tuxum qoʼyishlari uchun ozuqa beradigan vaqt.
Yurtimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi koʼrilayotgan qatʼiy chora tadbirlar tufayli ushbu fuqaro shahardan tumanga qatnashi uchun muammolar yuzaga kelayotgan edi. Kun.uz axborot sayti orqali murojaat yoʼllagan Zayniddin Xolmirzaevga 2020 yil 14 aprelь kunidagi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining videoselektor yigʼilishida belgilab berilgan vazifalarni toʼla qonli bajarish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining farmoyishiga asosan tashkil etilib, faoliyat olib borayotgan “Respublika hududida koronavirus pandemiyasi vaqtida iqtisodiyot, sanoat, oziq-ovqat, qishloq xoʼjaligi sohasidagi yuk va yoʼlovchi tashuvchi transport vositalarining toʼsiqsiz harakatlanishini tashkillashtirish hamda monitoringgini taʼminlash boʼyicha respublika tezkor ShTАB”ining koʼrsatmasi bilan Namangan viloyati IIB YHXB binosida tashkil etilgan shtab ishchi guruhi koʼmagida karantin postlaridan xech qanday toʼsiqlarsiz xarakatlanishiga ruxsat berildi.
Boshqarmada tashkil etilgan shtab ishchi guruxi oʼz faoliyatini sutka davomida uzluksiz ravishda amalga oshirmoqda. Maqsad esa iqtisodiyot, sanoat, oziq ovqat, qishloq xoʼjaligi sohasidagi yuk va yoʼlovchi tashuvchi transport vositalarining karantin postlaridan toʼsiqsiz xarakatlanishini taʼminlashdir.
Murojaat uchun telefonlar: +99895 309-50-02, +99895 307-50-02, (69) 234-20-85
Namangan viloyati IIB Аxborot xizmati