O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Hisobot yig‘ilishi: tahlil va natijalar

Qashqadaryo viloyati IIBda boshqarma huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan o‘tgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahliliga bag‘ishlangan sarhisob yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda IIV huzuridagi Tergov departamenti, viloyat IIB huzuridagi Tegrov boshqarmasi va uning qo‘yi tizimlari xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishni viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Isroil Ximmatov ochib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 10-sonli qarori mazmun-mohiyati xususida so‘z yuritdi.  Jumladan, Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi talablariga har bir xodim amal qilishi lozimligi bo‘yicha tegishli tavsiya va yo‘riqnomalar berdi.

Tadbirda so‘z olgan IIV huzuridagi Tergov departamenti boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Ulug‘bek Avilov Yurtboshimizning yuqoridagi qarori va uning ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatidagi ahamiyati xususida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng o‘tgan yilda Tergov boshqarmasi va uning qo‘yi tizimlari xodimlarining faoliyat davomida amalga oshirgan ishlari, erishgan yutuqlari bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari atroflicha tahlil etildi.

Joriy 2023 yil - “Tergov sifatini oshirish yili” deb e’lon qilinganligidan kelib chiqib, kelgusi rejalar va vazifalar belgilab olindi.

Yakunda xizmat faoliyati davomida ijobiy ko‘rsatkichlarga erishib, kamchilikka yo‘l qo‘ymagan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi, Nishon tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi va Kasbi tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi  xodimlari va boshqa yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan tergov bo‘linmalari va ularning xodimlari Tergov boshqarmasining faxriy yorlig‘i, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech