O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ijtimoiy tarmoqlarda "Samarqandda odamlarni qadri" nomi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan Rasmiy maʼlumot

2021 yilning 27 fevral kuni soat 23:00 larda Samarqand shahri Panjikent ko‘chasida joylashgan “SARDOR MANSUR IXTIYOR” oilaviy ovqatlanish oshxonasidan 26 yoshli Shaxrom A., tanishi Baxtiyor B., bilan mast holda tashqariga chiqib, baland ovozda turli haqoratli so‘zlar bilan gaplashib, ushbu oshxonaga tug‘ilgan kunini o‘tkazish uchun kelgan 47 yoshli Baxodur K., tomonga qarab baqirganlarida, Baxodir K., tanbeh bergani yoqmaganligi oqibatida, yoqasidan ushlaganlarida Bahodur K., ning o‘g‘li 20 yoshli Asadbek A., hamda jiyani 27 yoshli Damir K., lar kelib ularni ajratib, Shaxrom A., Baxtiyor B.,lar bilan janjallashib ketgan. Ushbu janjalni ko‘rgan fuqarolar ularni ajratib, yarashtirib uylariga ketkazib yuborishgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, yuqorida ko‘rsatilgan fuqarolar bir-birlariga daʼvosi yo‘qligini, ariza yozishdan bosh tortishlarini va sud tibbiy ekspertizadan o‘tmasliklarini bildirganlar. Lekin ushbu fuqarolar jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat tartibini buzganliklari yuzasidan, hudud profilaktika inspektori tomonidan tegishli tartibda O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi 1-qismi (Mayda bezorilik) bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga taqdim qilingan va sudning qaroriga ko‘ra, Shaxrom A., Baxtiyor B., Damir K., Asadbek A.,larga nisbatan 3 (uch) sutka maʼmuriy qamoq va Baxtiyor B.,ga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari, yaʼni 735 000 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech