Yangi yilda Tergov departamenti rahbariyati tomonidan fuqarolarni videokonferensaloqa orqali qabul qilish boshlandi
Joriy yilning 12 yanvar kuni Tergov departamenti rahbariyati tomonidan videokonfrensaloqa rejimi orqali Jizzax, Andijon va Toshkent viloyatlarida yashovchi fuqarolar bilan shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida 3 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Kelib tushgan murojaatlarning 2 tasi o‘tkazilgan tergov harakatlari va qabul qilingan qarordan norozi hamda 1 tasi tergovga qadar tekshiruv to‘liq olib borilmaganligi masalalarini tashkil etadi.
Qabul qilingan murojaatlarning 1 tasi joyida ijobiy hal etildi, 1 tasi bo‘yicha tushuntirish berilib, qolgan 1 tasi bo‘yicha qo‘shimcha tekshirish talab qilinganligi sababli murojaatlari ijroga qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, ichki ishlar organlarining tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi bo‘lgan fuqarolar vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovning shaxsiy qabuliga kirmoqchi bo‘lgan taqdirda, Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A. Toirovning (90)508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti