O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yilning eng yaxshilari

Ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalarida xizmat qilayotgan surishtiruvchi va tergovchilar o‘rtasida “Eng yaxshi tergovchi” va “Eng yaxshi tergov jamoasi” aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni aniqlash bo‘yicha respublika tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 24 avgustdagi 539-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining joriy yil 20 sentyabrdagi Farmoyishiga asosan, Tergov departamenti va uning hududiy bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi tergovchi” va “Eng yaxshi tergov jamoasi” nominatsiyalari bo‘yicha ko‘rik-tanlovning yakuniy Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unga ko‘ra, hududiy bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan xodimlar tanlovning Respublika bosqichida o‘zaro va hududiy bo‘linmalar o‘rtasida bellashishdi.

Respublika bosqichida ishtirokchilar jami 5 ta shart bo‘yicha bahslashdilar:

- jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha (turnikda tortilish, 100 metr masofaga yugurish, 3000 metr masofaga yugurish);

- jangovar tayyorgarlik bo‘yicha (pistoletni to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish hamda quroldan o‘q otish);

- intellektual va individual psixologik xususiyatlarni aniqlashga qaratilgan test sinovlari;

- bilim darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari;

- ishtirokchilarning nazariy bilimlarini suhbat o‘tkazish yo‘li bilan baholash.

Yakuniy shartda xodimlarning Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslarini amaliyotda qo‘llash, Oliy sud Plenumining qarorlari, ichki ishlar organlari faoliyatiga aloqador xalqaro huquqiy normalar, tergov jarayonida inson huquqlarini ta’minlash, ish faoliyatida qonunchilikni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar bo‘yicha xodimlarning bilim saviyasi baholandi.

Murosasiz va qiziqarli kechgan bahslar yakuniga ko‘ra g‘oliblar shohsupasida qo‘yidagi tergov jamoalari joylashishdi:

“Eng yaxshi tergov jamoasi”nominatsiyasining respublika final bosqichida:

3-o‘rin:

- Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi jamoasi;

2-o‘rin:

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi jamoasi;

Faxrli 1-o‘rin:

Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi jamoasi

Shu bilan birga, surishtiruvchi va tergovchilar o‘rtasida individual ko‘rinishda kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, “Eng yaxshi tergovchi” nominatsiyasining respublika final bosqichida:

3-o‘rinni:

Navoiy viloyati Navoiy shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tergovchisi, katta leytenant Fayzullaeva Muyassar Asadullo qizi;

2-o‘rinni:

- Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tergovchisi kapitan Normatov Rustam Raimjon o‘g‘li;

Faxrli 1-o‘rinni:

- Xorazm viloyati Xiva tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi surishtiruvchisi kapitan Jumaniyazov Jalolbek Sobirjonovich qo‘lga kiritdilar;

Mazkur tanlov ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalari shaxsiy tarkibining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish, ularning bilim saviyasini oshirish, xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarliklarini kuchaytirish, amaliy ko‘nikmalarni egallaganliklarini aniqlash hamda xodimlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashishga ko‘mak berdi.

Ko‘rik-tanlov yakuniga ko‘ra, Vazir o‘rinbosari R.Ashropov tomonidan “Eng yaxshi tergov jamoasi”, “Eng yaxshi tergovchi” nominatsiyalari g‘oliblari hamda tadbirda faol ishtirok etgan ishtirokchilar alohida e’tirof etilib, mukofotlar bilan taqdirlandilar.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

 

Text to speech