Kadrlar malakasini uzluksiz oshirib borish bugungi kun talabi
Hududiy ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalari xodimlarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish hamda kasbiy tayyorgarligini yuqori darajaga olib chiqish maqsadida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining tegishli farmoyishiga asosan joriy yilning 25-26 noyabr kunlari sohada xizmat qilayotgan 30 nafar yosh xodimlar Tergov departamentiga jalb etilib, ular bilan qisqa muddatli amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari davomida tergov bo‘linmalari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning zamonaviy dunyoqarashini yuksaltirish eng asosiy maqsad etib belgilandi.
Tasdiqlangan reja-dastur asosida yosh xodimlarga amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, sohadagi zamonaviy yangiliklar, maʼlumotlar va tushuntirishlarni nazarda tutuvchi darslar o‘tilishi taʼminlandi.
Kelgusida mazkur yo‘nalishdagi amaliy o‘quv mashg‘ulotlari davom ettirilib, tergov bo‘linmalari xodimlarning malakasini yana-da sifatli oshirish borasida chora-tadbirlar belgilab olindi.
Муаллиф: Бўлим бошлиғи
майор О.Х. Валихонов
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti