O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov departamenti tizimida tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining buyrug‘i bilan, Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - IIB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Ashropov Ramazon Axmatxo‘jayevich  egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari - IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga

Shunindek, Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i, podpolkovnik Ganiyev Elyorbek Ulugbekovich egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandilar.

Tergov departamenti yangi tayinlangan rahbarlarga kelgusi kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech