O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Respublika ishchi guruhi tomonidan navbatdagi ommaviy sayyor qabullar Toshkent viloyati aholisi uchun o‘tkazildi

2021 yil 23-24 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi rahbarlaridan tashkil topgan ishchi guruhlari tomonidan sud-huquq masalalari bo‘yicha navbatdagi ommaviy sayyor qabul Toshkent viloyati aholisi uchun o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan jami 67 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.

Shuningdek, 10 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolarning muammolari yashash xonadoniga borgan holda o‘rganilib, ijobiy hal etildi va ijtimoiy yordam ko‘rsatildi.

Ishchi guruh tomonidan sayyor qabullar belgilangan jadval asosida davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech