O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Har bir jinoyat jamoatchilik nazoratida

Joriy yilning 18 iyun kuni Namangan shahrida sodir boʼlgan qotillik jinoyati boʼyicha Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari – Tergov boshqarmasi boshligʼi podpolkovnik T.Mustafaev 19 iyun kuni keng jamoatchilik orasida muhokama oʼtkazdi.

Muhokama Namangan shahridagi sanʼat kollejida oʼtkazilib, unda Tergov boshqarmasi boshligʼi, Namangan shahar IIO FMB boshligʼi А. Xujaxonov, Namangan shahar hokimi oʼrinbosari va mahallada yashovchi fuqarolar ishtirok etgan.

Jinoyatni tahlil qilish jaryonida Tergov boshqarmasi boshligʼi T.Mustafaev jinoyatning salbiy oqibatlari, uning sodir etilishiga yaratilgan shart-sharoitlarni chuqur tahlil qilgan holda mahallada yashovchi fuqarolarni ogohlikka davʼat etib, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda kelgusida jinoyatchilikni oldini olish va profilaktik chora tadbirlarni kuchaytirish maqsadida jinoyat sodir etishga moyil shaxslar bilan qoʼshimcha chora tadbirlar oʼtkazishda jamoatchilikning oʼrni juda katta ekanligini taʼkidlab oʼtdi.

Eslatib oʼtamiz qasddan odam oʼldirish (ogʼirlashtiruvchi holatlar boʼlmagan taqdirda) oʼn yildan oʼn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʼzbeksiton Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech