Xalqaro terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha konferensiya
Joriy yilning 26-27 fevral kunlari poytaxtimizning «Miran International» mehmonxonasida Interpol - xalqaro jinoiy politsiya tashkilotining bosh kotibi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamkorligida Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari uchun «QALQON» dasturi doirasida konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyaning bosh maqsadi Interpol doirasida xalqaro terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘ldi. Unda Interpolga a’zo17 tadan ortiq davlatlardan, jumladan Afg‘oniston, Armaniston, Ozarbaydjon, Bangladesh, Gruziya, Hindiston, Eron, Xitoy, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Maldiv orollari, Pokiston, Tojikiston, Rossiya, Turkmaniston, Turkiya, va Shri-Lanka davlatlari, shuningdek BMT Xavfsizlik kengashi, MDH Antiterror markazi, ShHTning mahalliy antiterror tizimi va boshqa xalqaro tashkilotlardan vakillar hamda O‘zbekistondagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda xorijiy terror-jangarilari va terorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishbo‘yicha axborot almashinuvidagi samaradorlikni oshirish, shuningdek ko‘rilayotgan dolzarb muammoning boshqa omillari ham o‘rganildi.
Tadbir so‘nggida ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan sertifikatlar taqdim etildi. O‘ylaymizki, tashkil etilayotgan bukabi tadbirlar xalqaro politsiya tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik yanada kuchayishiga hamda xalqaro terrorizm kabi xavfga qarshi kurashish, uning profilaktikasidagi sohaviytajriba almashinuvi mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Mehmonlar tadbir so‘nggida mazkur sohalarda samarali ish olib borishlari uchun ularga yaratib berilgan shart-sharoit uchun O‘zbekiston tomoniga o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.