Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha navbatdagi o‘quv seminari o‘tkazildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari tergovchi va surishtiruvchilari, Bojxona, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, prokuratura va sud organlari xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi idoralararo komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 iyuldagi 2752-sonli Qarori hamda 2019 yil 27 maydagi 5729-sonli Farmoni ijrosini tashkil etish va ulardan kelib chiqadigan vazifalarni bajarish yuzasidan seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish uslublari hamda dastlabki tergovda amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar muhokama qilindi hamda ularning yechimlari yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib, takliflar bildirildi.
Seminarda kelgusida davlatimiz ravnaqi uchun har bir O‘zbekiston fuqarosi masʼul ekanligi, korrupsiyaga qarshi kurashish – butun bir millat zimmasidagi masʼuliyat ekanligini anglab, milliy davlatchiligimiz ravnaqi uchun barcha sidqidildan mehnat qilish lozimligi taʼkidlab o‘tildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti