Samarqandda yirik YTH, qurbonlar bor.
Samarqand. 2020 yilning 16 mart kuni soat 21:40 da Narpay tumani Mirbozor qoʼrgʼoni hududidan oʼtuvchi “Samarqand-Buxoro” M-37 avtomobil yoʼlining 105 kilometrida “Lacetti” rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yoʼqotib, yoʼlning qatnov qismini ajratib turuvchi beton toʼsiqni buzib oʼtib shu yoʼnalishda harakatlanib kelayotgan “Gazelь” rusumli mikroavtobus bilan toʼqnashuv sodir etgan, natijada shu yoʼnalishda harakatlangan “VАZ 2106” va “Nexia-2” rusumli avtomashinalar shikastlangan, ushbu avtomashina haydovchilari jabr koʼrmagan.
YTH natijasida “Gazelь” rusumli mikroavtobusning haydovchisi va bir nafar yoʼlovchisi hodisa sodir boʼlgan joyda vafot etgan, yana bir yoʼlovchi ogʼir tan jarohatlari bilan tibbiy muassasaga yotqizilgan, mikroavtobusda boʼlgan 9 nafar yoʼlovchi va “Lacetti” rusumli avtomashina haydovchisi turli хil darajada tan jarohat olib tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan.
Hodisa sodir boʼlgan joyda tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, yoʼl-transport-hodisasi sabablari aniqlanmoqda. Tekshiruv natijalari boʼyicha qoʼshimcha maʼlumot beriladi.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.