O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Samarqandda keng qamrovli sayyor qabul.

Joriy yilning 10 fevral kuni Samarkand viloyat hokimi E.Turdimov raisligida viloyatning Pastdarg‘om tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul tumanning Go‘zalkent qo‘rg‘onidagi “Pedagogika va sport” kollejida bo‘lib o‘tdi. Unda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, shu jumladan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari podpolkovnik D.Qurbanov ham ishtirok etdi.

Qabul davomida jami 374 nafar fuqarolarni murojaatlari  ko‘rib chiqilib, ularning aksariyati joyida ijobiy hal etildi va mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech