O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalofat o‘tkazish bo‘yicha Jizzax viloyat, barcha shahar va tumanlar shtablari aʼzolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi

Jizzax viloyat hokimligida Respublika ishchi guruhi tomonidan viloyat boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, 2023/2024 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalofat o‘tkazish bo‘yicha Jizzax viloyat, barcha shahar va tumanlar shtablari aʼzolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Mazkur majlisda hududlarda olib borilayotgan ishlar muhokama qilinib, ijtimoiy soha obyektlari, itisodiyot tarmoqlari hamda aholi yashash uylarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, qishning qahraton kunlarida salbiy holatlar yuzaga kelishining oldini olishga qaratilgan dolzarb vazifalar belgilandi.

Xuddi shunday, Jizzax viloyat IIBda ham ishchi guruh tomonidan masʼullar ishtirokida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Yig‘ilishda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, bu borada rejalangan ishlarni o‘z vaqtida bajarish, aholi muammolari bilan ishlash va ularni hal etish, qonunbuzarliklarning oldini olish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Text to speech