Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
Bugun, 17 oktabr kuni Navoiy viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik O.A.Xasanov tomonidan Qiziltepa tumani aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda polkovnik O.A.Xasanov tomonidan 15 nafar fuqarolar qabul qilinib, shundan 5 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida ijobiy hal etildi, 9 ta murojaat bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi va 1 nafar fuqaroning murojaati tegishliligi bo’yicha mutasaddi tashkilotga yuborildi.
Bugungi kunda tasdiqlangan reja asosida Navoiy viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik A.O.Xasanov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti